"Bor mehrimiz sizga bolajon" aktsiyasida ichki ishlar organlari xodimlari ham ishtirok etishdi.
Azal-azaldan xalqimizning qon-qoniga singib ketgan hislatlaridan biri og'ir ahvolda qolgan insonlarga ko'mak berishi bugungi avlod tomonidan ham davom etib, chorasiz insonlarni qo'llab-quvvatlash borasidagi ezgu va xayrli ishlaridan sanaladi.
3 dekabr – Xalqaro nogironligi bo'lgan insonlar kuni munosabati bilan bemor bolalarga yaqindan yordam berish maqsadida, Qoraqalpog'iston Respublikasi qon quyish markazida «Adolat» SDP Qoraqalpog'iston Respublikasi Kengashi tomonidan «Bor mehrimiz sizga bolajon» shiori bilan aktsiya o'tkazildi.
Yoshlarda vatanparvarlik, ezgulik va mehr-oqibatni shakllantirishga xizmat qiluvchi bu tadbirda potentsial donorlar qatori Qoraqalpog'iston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari ko'ngillilar safida aktsiyada qatnashib, qon topshirishdi.
Aktsiyada faol ishtirok etganligi uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga Adolat» SDP Qoraqalpog'iston Respublikasi Kengashining tashakkurnomalari topshirildi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati