24 Mart 2025 yil 1003

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri boshchiligida Nukus tumanida sodir etilgan og‘ir oqibatli jinoyatlar muhokama qilindi

So‘nggi vaqtda Nukus tumanida sodir etilgan og‘ir oqibatli jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va kelgusida bunday salbiy holatlarning oldini olishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri va tegishli idora tashkilot rahbarlari, Ichki ishlar organlari xodimlari, shuningdek mahalla fuqarolar yig‘inlari vakillari ishtirok etdi. Ta‘kidlanganidek, ayrim hududlarda mahalla yettiligi tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasidagi ishlar to‘g‘ri tashkil etilmaganligi og‘ir oqibatli jinoyatlar sodir etilishiga sabab bo‘lmoqda. Shu bois yig‘ilishda mahalla fuqarolar yig‘inlari vakillari va hamkor tashkilotlar xodimlariga sodir etilgan holatlardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, kelgusida bunday jinoyatlarning oldini olish borasidagi ishlarni kuchaytirish lozimligi ta‘kidlandi. Tadbir yakunida kelgusida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarning, shuningdek, boshqa favqulodda holatlarning oldini olish bo‘yicha yig‘ilgan mas‘ul xodimlarga vazifalar belgilab berildi.

Text to speech