24 Aprel 2025 yil 273

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan «Payshanba profilaktika kuni» munosabati bilan Qoraqalpoq davlat universitetida profilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 08.03.2025 yildagi «Ichki ishlar organlari hududiy bo‘linmalari rahbarlarini oliy taʼlim tashkilotlariga biriktirish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish to‘g‘risida»gi 15/11-son Qo‘shma qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Qoraqalpoq davlat universitetida profilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida, huquqbuzarlik va jinoyatlarning sodir etilishi sabablari va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlar muhokama qilindi. Uchrashuv so‘ngida Qoraqalpoq davlat universiteti talabalari o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga to‘liq javob oldi.

Text to speech