1 Sentyabr 2025 yil 118

Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan maktablarda o‘tkaziladigan "Bilimlar kuni" bayram tadbirlari chog‘ida jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati xavfsizligi hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish yo‘nalishida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xizmat oldi yig‘ini o‘tkazildi

Joriy yilning 1-sentyabr kuni Nukus shahrida yangi o‘quv yilining boshlanishi hamda "Bilimlar kuni" bayram tadbirlarida xavfsizlikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlarining maxsus yig‘ilishi o‘tkazildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Baxitjon Izbasarov tomonidan xodimlarga jamoat tartibini saqlash va xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlari bo‘yicha xizmat yo‘riqnomasi o‘tkazildi.

Text to speech