5 Iyun 2025 yil
764
Bu yilgi Qurbon hayitini tinch va osuda o‘tkazish maqsadida Respublika masʼullari To‘rtko‘l tumanidagi "Mulla Jumaboy" masjidiga tashrif buyurdi
Tashrifdan asosiy maqsad fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish, aholi tomonidan hayit namozini o‘qish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mutasaddilar masjidlarda yaratilgan qulayliklar, shu jumladan, namoz joylarining keng va tozaligi, tahoratxonalar holati, tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari va boshqa tashkiliy masalalar bilan atroflicha tanishdi. Shundan so‘ng mutasaddilarga hayit namozini xavfsizlik qoidalariga rioya etgan holda, yuqori saviyada o‘qish bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berildi.