17 Avgust 2024 yil 1265

Buxoro viloyatida bo‘lib o‘tgan "To‘maris izdoshlari" ko‘rik-tanlovida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi umum jamoasi faxrli 1-o‘rinni egaladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2020 yil 30 oktyabr kunidagi Farmoni hamda Ichki ishlar organlarida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini aholi orasida keng targ‘ib qilish maqsadida, Ichki ishlar vazirining 2024 yil 8 iyun kunidagi «Ichki ishlar organlari harbiy xizmatchi ayollar va xodimalari o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” musobaqasini o‘tkazish to‘g‘risida»gi tegishli buyrug‘iga asosan, joriy yilning 13-16 avgust kunlari Buxoro viloyatida “To‘maris izdoshlari” musobaqasining respublika bosqichi o‘tkazildi.

Ushbu musobaqada 18 jamoa tarkibida 235 nafar ichki ishlar organlari ayol xodimalari ishtirok etishdi.

Mazkur ko‘rik-tanlovda ishtirokchilar 5 ta shart bo‘yicha bellashdilar.

Jumladan, sahna ko‘rini shaklidagi tanishtiruv sharti.

Shundan so‘ng, qatnashchilar shartli yarador (jarohatlangan)larga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va ularni jang maydonidan olib chiqish jarayonidagi hatti-harakatlari, o‘zlarini tutishlari, shartli yaradorga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish amaliyotlarini bajarishdi.

Uchinchi shartda esa AK74 (avtomat kalashnikov) va PM9 (pistolet Makarov) pistoletidan amaliy o‘q otish mashg‘ulotlarida o‘zlarining merganlik qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Musobaqaning oxirgi kunida esa dastlab, har jamoadan 4 nafar musobaqa qatnashchilari estafeta shaklida yugurish, kunning ikkinchi yarmida esa suv havzasida erkin uslubda 50 metr masofaga suzish bo‘yicha birinchilik uchun bellashishdi.

Ko‘rik-tanlov yakunlari bo‘yida “To‘maris izdoshlari” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali tadbirda Ichki ishlar vazirligi masʼullari, viloyat sektor rahbarlari hamda qatnashchilar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olganlar Ichki ishlar vazirligi tizimida faoliyat olib borayotgan ayollarning sog‘lom turmush tarziga aml qilishini taʼminlash, jismoniy faolligini kuchaytirish maqsadida sportga jalb qilish borasida qator amaliy ishlar olib borilayotganini alohida eʼtirof etib, ushbu ko‘rik-tanlov mazkur ishlarning uzviy davomi bo‘lganini taʼkidlashdi.

Taqdirlash marosimida dastlab, Ichki ishlar vaziring tegishli buyrug‘iga asosan musobaqani namunali o‘tkazishda ko‘rsatgan ko‘maklari uchun viloyat sektor rahbarlari Ichki ishlar vazirining tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.

Shundan so‘ng yakkalik hamda umumjamoa hisobida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan qatnashchilarga, medal, diplom, kubok hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Albatta, o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar ichki ishlar organlari safida xizmat qilayotgan ayol xodimlarni vatanga va xalqga sadoqat bilan xizmat qilish ruhida tarbiyalashga ko‘maklashishi bilan birga, ularni jismonan sog‘lom va jangovar shay holat bo‘lishlariga zamin hozirlaydi.

Text to speech