Bo‘zatov tumanida maktabgacha va maktab ta’lim muassasalari xodimlariga Prezidentimizning PQ-1-sonli Qarorining mazmun-mohiyati hamda xotin-qizlarning huquqlari hamda ayollarga mehnat qonunchiligida belgilab qo‘yilgan imtiyozlar, shuningdek, qonunchilikdagi o‘zgarishlar bo‘yicha tushunchalar berib o‘tildi.
Bo‘zatov PPJ hududida joylashgan 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida tuman hokimi o‘rinbosari va adliya bo‘limi boshlig‘i hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV JХX HP Boshqarmasi katta inspektori, Bo‘zatov tumani IIB JХX HPB HQMB katta inspektorlari bilan hamkorlikda maktabgacha va maktab ta’lim muassasalari xotin-qizlari o‘rtasida "Xotin-qizlarga huquqiy yordam" aksiyasi o‘tkazildi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1-sonli Qarori tushuntirildi, xotin-qizlar huquqlari va xotin-qizlarga mehnat qonunchiligida belgilab qo‘yilgan imtiyozlar, shuningdek, qonunchilikdagi o‘zgarishlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi, bukletlar tarqatilib, ular o‘rtasida uchrayotgan muammolar tinglanib, bu bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi