Saf ko‘rigi o‘tkazildi.
Respublikamiz hududida «Prezident archasi» tadbirlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor A.I.Ikramovning topshirig‘iga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining shaxsiy tarkibining formali kiyim-boshlarini o‘rnatilgan tartibda kiyib yurish qoidalariga rioya yetilishini taʼminlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari podpolkovnik G‘.Yeshimbetov boshchiligida saf ko‘rigi o‘tkazildi.
Saf ko‘rik davomida xodimlarning tashqi ko‘rinishi, xizmat kiyimini kiyish tartib-qoidalariga rioya qilinishi, doimiy ravishda yonida bo‘ladigan anjomlar va xizmat guvohnomasining talab darajasida ekanligi hamda saf tayyorgarligi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarning qay darajada shakllanganligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Saf Nizomining ayrim mashqlari bajarildi.Bundan tashqari, shaxsiy tarkib bilan xizmat intizomi va qonunchilikka to‘liq rioya qilish, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala bo‘lish borasida yo‘riqnomalar o‘tkazilib, zarur tavsiyalar berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati