Chimboy va Nukus tumanlarida sayyor qabullar bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K.Kamilov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan sud-huquk masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasining joriy yilning 20 may kuni, Chimboy Taxtakupir Qorao‘zak Kegayli va Bo‘zatov tumanlari aholisi uchun Chimboy tumanida hamda Nukus shahri, Amiudaryo hamda Nukus tumanlari aholisi uchun Nukus tumanida o‘tkazilgan sayyor qabullarda ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq murojaatlarini qabul qilish uchun, O‘zbekiston Respublikasi IIV Manaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik T.Jumanov, Vazirlik huzuridagi tergov departamenti bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik Sh.Ubaydullayev hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov va uning o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.
Qabullar davomida, fuqarolardan jami 33 ta murojaatlar kelib tushdi. Ulardan 2 murojaat joyida ijobiy hal etildi qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan 7 ta murojaatlar ko‘rib chiqish uchun tegishli mutasaddi idoralar vakillari tomonidan nazoratga olingan bo‘lsa 24 ta murojaat bo‘yicha asoslantirilgan huquqiy tushuntirishlar berildi.
O‘tkazilgan qabullarda davomida ichki ishlar organlariga qayta tiklash xizmatga qabul qilish, tergovga qadar tekshiruv hamda surishtiruv harakatlaridan norozilik masalalari hamda fuqarolik va pasport viza masalalari bo‘yicha urojaatlar qabul qilindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati