16 Dekabr 2020 yil 668

Chimboylik yoshlar vazirlikda

Joriy yilning 12 dekabrь kuni, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida vazir, polkovnik A.Temirxanov, uning o'rinbosari polkovnik I.Axmedov va boshqa muassasa va tashkilotlar mas'ul rahbarlarining vazirlik markaziy apparati, shahar va tuman ichki ishlar bo'limlarida xizmat qilayotgan ichki ishlar organlari xodimlari, O'zbekiston Respublikasi IIV Qoraqalpoq akademik litseyi va Nukus shahrida joylashgan oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan bir guruh yoshlari bilan onlain uchrashuvi bo'lib o'tgan edi.
Ochiq muloqot ruhida kechgan uchrashuvda, Chimboy tumanining yoshlari tomonidan, Ichki ishlar vazirligining sohaviy xizmatlari bilan yaqindan tanishish istagini bildirib qilgan taklifi vazirlik rahbariyati tomonidan qo'llab quvvatlanib joriy yilning 16 dekabrь kuni Chimboylik bir guruh yoshlarning vazirlik apparatiga sayohati tashkillashtirildi.
Yoshlar ichki ishlar vazirligiga tashrifi davomida, PPXvaJTSB, Maxsus otryad, Alohida vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadining jangovar va maxsus texnikalari tanishishdi shuningdek, kinologiya xizmatining maxsus chiqishlari  namoyish etildi.
 Bundan tashqari, xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishish bilan birga ichki ishlar organlari tarixi muzeyida ham bo'lishdi.
-Bugungi sayohat menda alohida ta'surotlar qoldirdi  kelajakda albatta men ham o'z yurt tinchligiga hissa qo'shadigan ichki ishlar organlari xodimi bo'laman deydi- Chimboy tumani 4-sonli maktabning 8-sinf o'quvchisi A.Palo'anbayev.
 
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.
Text to speech