29 Noyabr 2020 yil 687

Xodimlarning maroqli dam olishlari tashkillashtirildi.

O'zbek milliy akademik drama teatri va Berdoq nomidagi Qoraqalpoq Davlat  akademik musiqali teatri jamoalarining birgalikda sahnalashtirilgan «O'jarlar» komediyasi  va «Imon» nomli dramalariga Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining shaxsiy tarkibi oila a'zolari bilan birga qatnashib, maroqli dam olishlari tashkillashtirildi.
Spektaklь boshlanishidan oldin, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik, A.Temirxanov so'zga chiqib, teatr jamoalarining ijodiy ishlarda zafarlar tilab, o'zining minnatdorchiligini bildirdi.
Taqdim etilgan bu spektakllar ikki teatr aktyorlari tomonidan qoraqalpoq va o'zbek tillarida ijro etildi. 
Spektakllarda, bir-birovga mehr, insoniylik buyuk tuyg'ular aks ettirilgan.
 
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati
Text to speech