10 Dekabr 2021 yil 862

Davlat madhiyamiz qabul qilingan kun munosabati bilan  tadbir bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 10 dekabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining qabul qilinganligiga 29 yil to'lishi munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirga vazirlikning sohaviy xizmatlari va markaziy apparat xodimlari ishtirok etishdi. Dastlab, O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Respublikalari davlat madhiyalari ijro etildi.
Tadbirda, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov so'zga chiqib, madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalanganligini unda mardona va sharaflarga boy o'tmishimiz, milliy an'ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg'ular tarannum etilganligini aytib o'tdi.
Shundan so'ng tadbirga taklif etilgan, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus tumanlararo bo'limi boshlig'i N.Toyimbetov o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etib, O'zbekiston Respublikasi madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o'zligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bo'lib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy vosita bo'lib xizmat qilayotganligini ta'kidlab, 1992 yil 10 dekabr “O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qo'yilganligini, O'zbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatimizda yashab turgan boshqa shaxslar ham madhiyamizni hurmat qilishi shartligi alohida ta'kidlanganligini aytib o'tdi.
Bayram tadbiri doirasida  joriy yilning 1-3 dekabr kunlari sportning «Kurash» turi bo'yicha ichki ishlar organlari xodimlari o'rtasida    «Ichki ishlar vaziri kubogi» musobaqasi, joriy yilning 8 dekabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi an'anaviy «Karate-do» federatsiyasining Respublika ochiq kubogi sport musobaqalari hamda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlarining kinologiya bo'linmalari xodimlari o'rtasida o'tkazilgan «A'lochi kinolog» ko'rik tanlovlarida ishtirok etib, faxrli o'rinni egallagan xodimlarga diplom medal va sovg'alar tantanali ravishda topshirildi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

 

Text to speech