Davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi arafasida, Oltinchi mintaqaviy hudud 2-son hibsxonasida uch avlod uchrashuvi o‘tkazildi
Jumladan, hibsxonada Mustaqillik kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazilib, bayram dasturxoni tashkil etildi. Bunda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar Vaziri maslahatchisi Orinbay Turdakov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Veteranlar kengashi boshlig‘i Farxad Sankibayev va nafaqadagi 2-son TH xodimi mayor Sagatdin Kannazarovlar taklif etilib, shaxsiy tarkib bilan UCH AVLOD UCHRASHUVI o‘tkazildi va tadbir davomida xodimlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga tegishli javoblarini olishdi hamda o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirishdi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Kurash federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi bilan hamkorlikda sportning “KURASH” turi bo‘yicha musobaqasi tashkil etildi. Musobaqada hibsxona xodimlari 66, 73 va 81 kg vazndagi og‘irlikda o‘zaro bellashishdi. Kurash sport musobaqasi xalqaro kurash standartlari asosida tashkil etildi. O‘tkazilgan musobaqalar yakuniy natijasi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan xodimlar, xizmat faoliyati davomida ijobiy natijalarga erishgan xodimlar, faol ishtirokchilar hamda nafaqadagi faxrli mehmonlar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan tantanali ravishda taqdirlandi. Mustaqillik kuni bayrami tadbirida barcha shaxsiy tarkib faol ishtirok etib, ular o‘rtasida ko‘tarinki ruhda tashkil etildi