22 Sentyabr 2025 yil 307

Davlatimiz rahbarining hududlarda jinoyatchilikni jilovlash hamda huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasiga qaratilgan topshiriqlarining ijrosi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari M.Т.Raxmatullayev tomonidan tungi vaqtda Qanliko‘l tumanida o‘rganish ishlari olib borildi.

Vazir o‘rinbosari M.t.Raxmatullayev dastlab tungi xizmatga biriktirilgan xodimlar faoliyati bilan tanishib, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan hududlarning barqarorligini taʼminlash, tungi paytda yo‘l transport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini taʼminlash yuzasidan topshiriqlar berdi. Shuningdek, Qanliko‘l tumani tibbiyot birlashmasi va Qanliko‘l tumani 18-sonli maktab binolarining qo‘riqlanishi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ahvoli o‘rganilib, xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Text to speech