29 Mart 2025 yil 462

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi binosida Ichki ishlar vazirining shaxsiy qabuli o‘tkazildi

Joriy yilning 29 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi binosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda fuqarolar vazirga o‘zlarining buzilgan huquqlari, ichki ishlar organlariga oid, shuningdek, boshqa hayotiy masalalari bilan murojaat qildi. Qabul davomida fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari ko‘rib chiqilib, ayrimlari shu yerning o‘zida ijobiy yechimini topdi. Shuningdek, murojaat qilgan fuqarolardan tegishli tartibda arizalar qabul qilinib, qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar doirasida batafsil tushuntirishlar berildi. Murojaatlar qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy yechim topish uchun ish yurituvga olinib, tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berilgan holda ularning ijrosi nazoratga olindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

 

Text to speech