28 Mart 2024 yil 2220

“Dillarda Vatan madhi” shiori ostida qo‘shiq va sheʼriyat tanlovining Beruniy tumani bosqichi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2024-yil 9-mart kunidagi 85-sonli Farmoyishiga asosan 14-30 yoshli yoshlar ortasida “Dillarda Vatan madhi” shiori ostida qo‘shiq va sheʼriyat tanlovining Beruniy tumani bosqichi o‘tkazildi. Bunda, yoshlarning madaniyat, sanʼat va boshqa ijodiy sohalardagi iqtidorlarini namoyon yetishlari uchun munosib sharoitlar yaratish, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini kamol toptirish, Ona yurt taqdiriga daxldorlik hisi bilan yoritilgan, mazmunan teran, badiiy yetuk qo‘shiq va sheʼriyat yaratgan yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida qo‘shiq va sheʼriyat tanlovi tashkil qilindi. Tanlovning tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda tashkil qilindi.

Text to speech