13 Aprel 2025 yil
                            
                                1107                            
                    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi
Fuqarolarning
hayotiy muammo va ehtiyojlarini hal etish, aholi bilan ochiq,
to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish bugunning dolzarb vazifalaridan biri.
Aholi murojaatlarini tinglash, o‘rganish va hal etish maqsadida
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar
Torebekovning navbatdagi  shaxsiy qabuli o‘tkazildi. Unda turli mavzudagi
murojaatlar eshitildi. Shaxsiy
qabul davomida 41 fuqaroning murojaatlari qabul qilinib, har bir murojaat
bo‘yicha fuqarolarning muammolari tinglanib ko‘pchilik murojaatlar joyida hal
qilindi o‘rganish ishlarini talab qilinadiganlariga muddat belgilanib ijrosi
yuzasida tegishi masʼullarga topshiriqlar berildi
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi IIV Axborot xizmati
                         
                     
                                     
                                                         
                                                         
                                                        