30 Iyun 2023 yil 550

E ʼ l o N

Nomzodlar DIQQATIGA

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati tomonidan

2023 yilning 15 may kunidan 20 may kunlari oralig‘ida ichki ishlar organlariga nomzod sifatida ro‘yxatga olingan oliy maʼlumotga ega bo‘lgan (oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan) nomzodlarni ofitserlar tarkibidagi lavozimlarga qabul qilish uchun joriy yilning 5,6,7-iyul kunlari Nukus shahri Turon stadionida dastlabki bosqichning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sinovlar o‘tkazilishini maʼlum qilamiz:

Tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar o‘zlari bilan tegishli hujjatlari (pasport yoki identifikatsiya ID-karta, diplom va harbiy guvohnoma asl nusxalari, doimiy yashash joyi bo‘yicha hududiy poliklinikadan belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati to‘g‘risida (F-086) maʼlumotnoma) bilan kelishi kerak;

Izoh: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar organlaridagi safdorlar tarkibidagi lavozimlarga o‘tkaziladigan tanlovlar bo‘yicha qo‘shimcha rasmiy telegram kanal t/me/qriim va Veb sayt www.qriiv.uz orqali Axborot berib boriladi.

☎️ Maʼlumot uchun telefon raqami: (61) 229-93-36;

 

Text to speech