24 Fevral 2024 yil 2769

YoSh XODIMLARNING KASBIY KO‘NIKMA VA MAHORATLARINI OSHIRISH YO‘LIDA...

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti 6-mintaqaviy hudud 27-son manzil koloniyasida xizmat qilayotgan yosh xodimlarni sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning kasbiy ko‘nikma va mahoratlarini yuksaltirib borish maqsadida, 2024 yilning 23 fevral kuni Vazirlikning Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha Maxsus otryadida malakali xodimlar tomonidan mahorat darslari tashkil etildi. Mashg‘ulotlar davomida yosh xodimlarga Maxsus otryad tomonidan maxsus operatsiyalarni o‘tkazish davomida foydalaniladigan maxsus asbob-uskunalar va jihozlar hamda texnikalar to‘g‘risida ko‘rgazmali tarzda maʼlumotlar berildi, shuningdek portlash xavfi bo‘lgan predmetlarning turlari hamda ular aniqlanganda xodimlarning harakatlanish tartibi va xavfsizlik choralari to‘g‘risida mutaxassis xodimlar tomonidan tushunchalar berildi. Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadining malakali xodimi tomonidan o‘q otar qurollar, ularning taktik-texnik xususiyatlari hamda ulardan foydalanish tartiblari to‘g‘risida maʼlumotlar berildi. O‘tkazilgan mashg‘ulotlar davomida yosh xodimlar o‘zlariga kerakli bo‘lgan maʼlumotlarga ega bo‘lishib, qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Text to speech