29 Yanvar 2024 yil 2904

Hech murojaat eʼtiborsiz qolmaydi

Bugungi kunda yurtimizda Inson qadri uchun tamoyili asosida bir qancha ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Shu asosda jamiyatimizda hech bir shaxsning murojaati eʼtiborsiz qolmasdan muammolari ijobiy hal qilinib kelinmoqda. 2024 yil yanvar oyida Nukus shahrida joylashgan “Ayollar muruvvat uyi”da davolanayotgan shaxslarning muammolari o‘rganilib tegishli tartibda identifikatsiyalovchi ID-kartasi bilan hujjatlashtirildi. Biometrik pasportlarining amal qilish muddatlari tugagan 21 nafar shaxsning pasportlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 sentyabrdagi PF-6065-sonli Farmoniga asos, identifikatsiya ID-kartalari bilan hujjatlashtirildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuniga asos, ID-kartalar bepul rasmiylashtirilib berildi

 

 

Text to speech