28 Sentyabr 2023 yil 2299

Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda shaxmat bo‘yicha trener va mutaxasislarni jalb qilgan holda harbiy xizmatchilar uchun o‘quv mashg‘uloti va musobaqa tashkillashtirildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi XAXTBQ qo‘mondonining 2023-yil 18-iyuldagi 30/1800 sonli “Shaxmatni ommaviy harakatga aylantirish” to‘g‘risidagi xizmat xati talablarini bajarish maqsadida, 2023-yil 28-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda shaxmat bo‘yicha trener va mutaxasislarni jalb qilgan holda harbiy xizmatchilar uchun o‘quv mashg‘uloti va musobaqa tashkillashtirildi “Shaxmat” turniri harbiy xizmatchilarni aqlini charxlash, zehinni yanada o’tkir qilish, qolaversa dunyo qarashni o’zgartirish hamda bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, va ular o’rtasida do’stona tuyg’ularni mustahkamlash, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iborat bo’lib, tadbir ko’tarinki ruhda bellashuvlar asosida o’tkazildi. Tadbir so’ngida musobaqada yuqori natija ko‘rsatgan harbiy xizmatchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, kelgusida shaxmat va boshqa sport turlari bo‘yicha to‘garak va musobaqalarni tashkillashtirish bo‘yicha hamkorlik ishlarini davom ettirishga kelishib olindi.

 

 

Text to speech