"Yoshlar oyligi" doirasida, Taxiatosh tumani Ichki ishlar bo‘limida uch avlod uchrashuvi tashkillashtirildi
Ichki ishlar
organlarida o‘tkazilayotgan "Yoshlar oyligi" doirasida, Taxiatosh
tumani IIBda 2025 yil 09 iyun kuni o‘tkazilgan "Maʼnaviyat va
maʼrifat" darsida IIO faxriylari bilan "Uch avlod uchrashuvi"
o‘tkazildi. Uchrashuvda faxriylar ichki ishlar organlari tarixi va buguni,
o‘zlarining bosib o‘tgan xizmat yo‘llari hamda bugungi kunda ichki ishlar
organlari xodimlariga xizmat olib borishlari uchun hukumatimiz tomonidan
yaratib berilgan munosib shart-sharoitlar haqida gapirib o‘tishdi. Shuningdek,
har bir xodim xizmat faoliyati davomida ichki ishlar organi xodimi degan
sharafli nomga munosib bo‘lishligi, jamiyatimizda inson manfaatlarini himoya
qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha
ishlarni olib borish borasida o‘zlarining tajribasidan kelib chiqqan holda
maslahatlar berishdi.