Yoshlarning muammolarini hal etilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2024 yil 12 yanvar kuni o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishidagi belgilangan vazifalardan kelib chiqib,O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2024 yil 13 yanvar kungi 16-sonli buyrug‘i hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2024 yil 10-fevral kungi 45-soni “ichki ishlar organlariga biriktirilgan yoshlar bilan ishlash tartibini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyruqlari talablarini ijro etish borasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining bosh inspektori polkovnik Farxod Jo‘rayev o‘ziga biriktirilgan Xo‘jayli tumani Suyenli mahallasida yashovchi yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazilib, har bir yoshlar bilan suhbatlar olib borildi. Mahalla yettiligi bilan olib borilgan tadbirlarda mahalla yoshlarining xohish istaklari asosida, ularning kelgusida o‘zlari tanlagan oliy o‘quv bilim yurtiga o‘qishga kirish uchun tayyorgarlik ko‘rishliklarida fan yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha bilim olishlari uchun yaratilayotgan imtiyozlar, kasb-hunarga o‘rgatish, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kredit olishga ko‘maklashish, subsidiya ajratish, kasb-hunar va tadbirkorlik o‘quv markazlariga yuborishdik masalalari qonun doirasida taʼminlanishi bo‘yicha taklif va tavsiyalar ko‘rib chiqildi.Yoshlarning ijtimoiy-maishiy muammolarini hal etishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda