Ellikqalʼa tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K.Kamilov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan sud-huquk masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasining joriy yilning 19 may kuni, Ellikqalʼa tumanida To‘rtko‘l Beruniy va Ellikqalʼa tumanlari aholisi uchun o‘tkazilgan sayyor qabulda ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq murojaatlarini qabul qilish uchun, O‘zbekiston Respublikasi IIV Manaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan ishlash deportamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik T.Jumanov, hamda Vazirlik huzuridagi tergov departamenti bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik Sh.Ubaydullayev ishtirok etishdi.Bevosita ochiq muloqot ruhida o‘tkazilgan qabul jarayonida fuqarolardan 12 ta murojaatlar kelib tushdi. Ulardan qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan 11 ta murojaatlar ko‘rib chiqish uchun tegishli mutasaddi idoralar vakillari tomonidan nazoratga olingan bo‘lsa 1 ta murojaat bo‘yicha asoslantirilgan huquqiy tushuntirishlar berildi. Murojaatlar asosan ichki ishlar organlariga qayta tiklash xizmatga qabul qilish, tergovga qadar tekshiruv hamda surishtiruv harakatlaridan norozilik masalalari bo‘yicha murojatlar qabul qilindi.
Murojaatlarni tegishli tartibda o‘rganib chiqish bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berilib, ijrosini nazoratga olindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati