Ellikqalʼa tumanida “Tun” tadbiri davomida gumon qiluvchi fuqaroning yonida umumiy sof og‘irligi 116 (bir yuz o‘n olti) gramm “OPIY” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Joriy yilning 05 aprel kuni 16:00 lar chamasida Ellikqalʼa tumani hududida Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YHXB 2-guruh xodimlaridan iborat mobil post tashkil qilinib, Sarabiy OFYdagi hududida Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV TQX JQB, QR IIV 2-mintaqa JQB, QR DXX xodimlari va Ellikqalʼa tumani IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida To‘rtko‘l tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi “COBALT” rusumli transport vositasi Ellikqalʼa tumani Sarabiy OFY hududidan o‘tgan A-380 «G‘uzor – Buxoro – nukus – Beyneo‘» avto yo‘lining 606-609 km oralig‘ida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, fuqaro M.B eginidagi oq rangli sport kiyimining o‘ng tomon cho‘ntagidan oq rangli sellofan paketga o‘ralgan, ichida jigar rangli, o‘tkir hidli, yumshoq, yopishqoq holdagi modda borligi aniqlanib, ushbu holat tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan tayinlangan sudga oid-kimyoviy ekspertizasining xulosasida M.B dan olingan jigar rangli, o‘tkir hidli, yumshoq, yopishqoq holdagi modda tarkibida O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalada bo‘lishi taqiqlangan umumiy sof og‘irligi 116 (bir yuz o‘n olti) gramm “OPIY” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holatda B.M ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirgi vaqtda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.