Eng yaxshi xodimlar aniqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26-mart ko‘nidagi «Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 avgust kunidagi «Ichki ishlar organlarida eng xodimlarni aniqlash bo‘yicha Respublika tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori asosida, Ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatini yana-da rag‘batlantirish, Vatan oldidagi sharafli burchini ado yetishdagi xizmatlari uchin ularni munosib taqdirlash, xodimlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, o‘z kasbining eng yaxshilarini aniqlash maqsadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘i asosida «eng yaxshi profilaktika inspektori», «Eng yaxshi tergovchi», «Eng yaxshi tezkor xodim» nominatsiyalari bo‘yicha tanlovlar o‘tkazildi. Tanlovning dastlabki bosqichida ishtirokchilar jismoniy va jangovar tayyorgarli bo‘yicha belgilangan shartlardan o‘tishdi.
Shuningdek, Kalashnikov avtomati va Makarov pistoletini to‘liqsiz qisimga ajratish va maxsus o‘q otish tirida merganlik mahorati ham sinovdan o‘tkazildi.
Tanlovning keyingi boqishlarida tanlov ishtirokchilarining bilim darajasini aniqlash maqsadida elektron test savollari ham o‘tkazildi. Xodimlarning intellektual koeffitsiyenti va individual psixologik qobiliyatlari darajasini aniqlashga qaratilgan savollar ham tanlov shartlaridan o‘rin oldi.
Musobaqaning yakuniy bosqichida ishtirokchilarga o‘z sohalari bo‘yicha berilgan savollar berili suhbatdan o‘tdi.
Tanlov yakuniga ko‘ra g‘oliblar aniqlanib vazirlik tomonidan diplom va pul bilan mukofotlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati