14 Avgust 2023 yil 724

Eng zukko bilimdon xodimlar aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023 yil 25 iyul kunidagi Farmoyishi asosida, joriy yilning 25 iyul kunidan 25 avgust kuniga qadar xodimlar o‘rtasida “Intizom oyligi” o‘tkazilishi belgilangan. Shu munosabat bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida har dushanba kuni o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsligi noodatiy tarzda o‘tkazildi. Darslikning birinchi qisimida rejada belgilangan mavzu bo‘yicha xodimlar tomonidan dunyo  va  yurtimizda bo‘layotgan yangiliklar xususida slayd va tarqatma materiallar orqali maʼlumot berib o‘tildi.
Shuningdek, Maʼnaviyat va maʼrifat darsliklarida «Eng zukko bilimdon xodim» Intellektual shou o‘yiniga navbat berildi. Tadbirni o‘tkazish uchun taklif qilingan boshlovchilar tomonidan Maʼnaviyat va maʼrifat darsliklarida o‘tilgan mavzulardan  tayyorlangan  savollar berilib, savollarga to‘g‘ri va aniq javob bergan  xodimlar orasidan 10 ta ishtirokchi tanlab olindi.
Tanlov qiziqarli shartlar, xalq mahollari aytish va har xil mavzularda tayyorlangan savollar asosida o‘tkazildi. O‘yinni erta tark etgan ishtirokchilar ham munosib taqdirlandi. O‘yin yakunida oxirgi shartga yetib kelgan uchta ishtirokchi g‘oliblik uchun bellashib, o‘lar orasidan 1-2-3-o‘rin egalari aniqlandi.
O‘tkazilgan tadbir xodimlarning madaniy dam olishlari va intellektual bilimlarini mustahkamlashga xizmat qildi.
G‘oliblarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari podpolkovnik G‘.Eshimbetov tabriklab, ularga vazirlik tomonidan tayyorlangan diplom va esdalik sovg‘alarni topshirdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech