10 Sentyabr 2025 yil
540
Beruniy tumani Ichki ishlar bo‘limida "Uch avlod" uchrashuvi o‘tkazildi
Uchrashuvda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri maslahatchisi, iste’fodagi
polkovnik O.Turdaqov, IIV Faxriylar kengashi raisi iste’fodagi podpolkovnik
F.Sankibaevlar so‘zga chiqib, o‘zlari xizmat qilgan davrlarini eslab, bugungi
kunda ichki ishlar organlaridagi yutuqlarni faxr bilan ta’kidladi va bugun
ularning yo‘lini davom ettirib kelayotgan yosh xodimlarning savollariga javob
qaytardi. Uchrashuv yakunida uzoq yillar davomida ichki ishlar organlarida
xizmat qilib, nafaqaga chiqqan bir qator faxriylarga O‘zbekiston Respublikasi
IIV Faxriylar kengashining ko‘krak nishonlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
IIV Faxriylar kengashining "Tashakkurnoma"lari topshirildi.