23 Oktyabr 2025 yil 348

Jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Sanoat texnologiyasi fakultetida talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, shuningdek giyohvandlik, psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet profilaktika inspektori mayor I.Erejepov va fakultet dekan o‘rinbosari Sh.Musirov, fakultet tyutorlari va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda universitetning ichki tartib-qoidalari, jamoat joylarida o‘zini to‘g‘ri tutish, avtotransportlarni belgilangan qoidalar asosida boshqarish, qimor o‘yinlari, kiberjinoyatchilik haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, giyohvandlik, psixotrop moddalarning zararli oqibatlari, jinoyat ko‘chasiga kirib qolishdan yiroq bo‘lish, madaniy-ma’naviy tadbirlarda faol ishtirok etib borish kerakligi haqida keng fikr-mulohazalar bildirildi.

Text to speech