O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 mart kungi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6196-sonli Farmonining mazmun mohiyati bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 mart kungi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6196-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari polkovnik B.R.Rajapov rahbarligida tezkor-qidiruv faoliyatini takomillashtirishga doir masalalar yuzasidan tezkor xizmat rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Bunda asosiy masala, mazkur farmonda belgilangan, yaʼni ichki ishlar organlaridagi jinoyat qidiruv, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish hamda tezkor-qidiruv hamkorligi sohalari faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirishning yagona tizimini joriy etish bo‘yicha tezkor-qidiruv departamenti tashkil etilganligi munosabati bilan, jinoyatchilikka qarshi kurashishning yaxlit tizimini shakllantirish, ichki ishlar organlarining eng quyi bo‘g‘inidan respublika darajasigacha tezkor xizmatning samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish va zamonaviy ish uslublarini joriy etish orqali yurtimizda qonuniylikni mustahkamlash, aholining tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash, ijtimoiy-siyosiy va kriminogen vaziyat barqarorligini saqlash, ko‘p yillardan buyon to‘planib qolgan masalalar muhokama qilindi.
Ichki ishlar organlarida tezkor xizmat faoliyatining zamonaviy qiyofasini yaratish, ularning masʼuliyati va kasbiy salohiyatini oshirish, jinoyatchilikning yangi ko‘rinishlariga qarshi kurashishni yana-da jadallashtirish, uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va ekstremizm, giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va ularning analoglarini aylanmasiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, axborot texnologiyalari va internet tarmog‘idan foydalanish sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha tubdan yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek, tezkor bo‘linmalar faoliyatini apparat-dasturiy taʼminlash, zamonaviy axborot texnologiyalarini keng tatbiq etish maqsadida seminar ishtirokchilarining bir qator takliflari tinglandi.
Ichki ishlar organlaridagi tezkor xizmat faoliyatini tashkil etishning mutlaqo yangi mexanizmlarini belgilovchi har bir mahalla, oila va shaxs kesimida jinoyatchilikning sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish orqali huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va sodir etilgan jinoyatlarning issiq izida fosh etilishini taʼminlash bo‘yicha bir qator vazifalar belgilab olindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.