7 Oktyabr 2024 yil 3832

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari ishtirokida faxriylar bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshlig‘i, general-mayor Davron Nazarmuxamedovning Ichki ishlar organlari faxriylari bilan navbatdagi uchrashuvi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida tashkil etildi. Ichki ishlar vazirligida o‘tkazilgan mazkur uchrashuvda Vazir o‘rinbosari Qoraqalpog‘iston Respublikasida istiqomat qiluvchi Faxriylar faoliyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Faxriylarning mavjud muammolarini o‘rganish va bartaraf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar va joylardagi kengashlar faoliyati atroflicha muhokama qilindi.

Shundan so‘ng, ochiq muloqot olib borilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Uzoq yillar sohada xizmat qilgan va amaliy tajribaga ega ustozlar so‘z olib, tizimda xizmat qilayotgan yosh xodimlarni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, “ustoz-shogird” anʼanasini yana-da jonlantirish orqali kasbiy mahoratni rivojlantirish xususidagi taklif va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Uchrashuv so‘nggida Faxriylar bilan aloqani yana-da mustahkamlash yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech