Faxriylarga mukofotlar topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan barcha sohalar singari Ichki ishlar organlaridan ham bir qancha xodimlar mukofotlanishdi.
Ichki ishlar organlarida uzoq yillar xizmat qilib bugungi kunda iste’foda bo‘lgan faxriylarga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda.
Joriy yilning 6 sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar organlarida uzoq yillar xizmat qilgan iste’fodagi general-mayor J.Shыlmanov va iste’fodagi polkovnik P.Qalimbetovlar bayram munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlarining faxriy xodimi ko‘krak nishonlari bilan taqdirlanishdi.
Shu munosabat bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov uning o‘rinbosari I.Axmedov va vazirning maslahatchisi iste’fodagi polkovnik O.Turdaqovlar mukofotlangan faxriylarning xonadonlarida bo‘lib ularni bayram bilan tabrikladi va ko‘krak nishonlarini topshirishdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati