27 Dekabr 2024 yil 2590

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan Xo‘jayli tumani hududida yashovchi 5 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi berildi

Maʼlumki, fuqaroliksizlikni qisqartirish va ushbu holatni kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik majburiyati xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplaridan biri hisoblanadi. Respublikamizda doimiy yashab kelayotgan shaxslarda fuqarolikning yo‘qligi, ijtimoiy muammolar manbasi bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ham fuqarosizlikni qisqartirish asosiy prinsiplaridan biri hisoblanadi. Fuqarosizlikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida fuqarolik masalalariga tegishli qonunchilikni takomillashtirish orqali inson huquqlarini taʼminlashni hayotning o‘zi taqozo etmoqda deb aytib o‘tgan edi. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan fuqarolarning konstitutsiyaviy haq-huquqlarini to‘laqonli taʼminlash borasida misli ko‘rilmagan ishlar amalga oshirildi. Xususan, ayni shu yo‘nalishda mavjud milliy qonunchiligimizga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu boradagi amaliy ishlar izchil davom ettirilayotgani esa, yana-da eʼtiborlidir. Yangi qonunga qator moddalar qo‘shilib, tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar fuqarolarimizning, xususan, mamlakatimizda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va manfaatlarini to‘laqonli va yana-da samarali himoya qilishga qaratilganligi bilan muhimdir. Eng muhim jihatlaridan biri, mamlakatimizda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi tan olish instituti joriy etildi. Yaʼni, mamlakatimiz hududiga 1995 yil 1 yanvarga kadar doimiy yashash uchun kelgan shaxslarning fuqaroligini tan olish O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan hamyurtlarimizga fuqarolik berilishi uchun asos bo‘ldi. Bunday fuqarolar Xo‘jayli tumani hududida 145 nafarni tashkil etadi. Ushbu shaxslarning barchasi O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga tan olindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatida fuqarolik masallariga tegishli qonunchilikni takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratdi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritildi. Bunda kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalar asosiy maqsadi mamlakatimizda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilganligi bilan ahamiyatli sanaladi. Ahamiyatli tomonlaridan biri Qonunning 6-moddasining 1-qismi yaʼni mamlakatimiz hududiga 2005 yil 1 yanvargacha doimiy yashash joyi bo‘yicha hisobga turgan va chet el fuqaroligini qabul qilmagan shaxs istak bildirgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olinadi deb belgilangan. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olish bo‘yicha ariza bilan murojaat kilgunga qadar O‘zbekiston Respublikasida kamida o‘n besh yil davomida doimiy yashab kelayotgan va shu davr ichida chet el fuqaroligini qabul qilmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olinadi deb ko‘rsatilgan. Shuningdek Qonunning 19-moddasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida tug‘ilgan va yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston fuqaroligini olish maqsadida iltimosnoma bilan murojaat qilgunga qadar o‘n besh yil davomida (fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga yashash guvohnomasi olgan kundan boshlab) yashash sharti bekor qilindi. Bu degani O‘zbekistonda tug‘ilib, O‘zbekistonda yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs yashash guvohnomasini qachon olishidan qatʼiy nazar O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilish bo‘yicha iltimosnoma bilan murojaat qillishi mumkinligi belgilangan. Bundan tashqari, tug‘ilgan joyi va ota-onasining fuqaroligi bo‘yicha farzandlarini fuqarolikka qabul qilish tartibi belgilanib, fuqarolik sohasida bola huquqlari  mustahkamlandi. Bunga misol qilib Qonunning 6-moddasi 3-qismi bo‘yicha, ota-onasidan biri (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olingan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan va O‘zbekistonda yashab kelayotgan bola o‘z istagini bildirgan taqdirda, O‘zbekiston fuqarosi deb tan olinishi belgilangan. Qonunda belgilangan qo‘shimcha va o‘zgarishlar bo‘yicha Xo‘jayli tumanida 110 dan ortiq fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning hujjatlari qabul qilinib hozirda bu shaxslarga identifikatsiya ID-kartalari bilan taʼminlash choralari ko‘rilmoqda. 2024 yil 05 dekabr kungi  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan Xo‘jayli tumani hududida yashovchi 5 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga O‘zbekiston Respublikasi  fuqaroligi berildi

 

Text to speech