8 Aprel 2025 yil
1120
Nukus shahrida sportning voleybol turi bo‘yicha 19 yoshgacha o‘g‘il-qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston chempionati musobaqasi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Taqdirlash marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi voleybol federatsiyasi boshlig‘i Ichki ishlar vaziri g‘oliblarni samimiy qutladi. Qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘lgan musobaqa yakuniga ko‘ra O‘g‘il bolalar o‘rtasida; 1-o‘rin Qashqadaryo viloyati, 2-o‘rin Farg‘ona viloyati, faxrli 3-o‘rinni esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoalari egalladi. Qizlar o‘rtasida esa 1-o‘rinni Andijon viloyati, 2-o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 3-o‘rinni Xorazm viloyati jamoalari egalladi. Musobaqa yakunida g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.