23 Sentyabr 2020 yil
944
Hamkor tadbiri davom etmoqda.
Bugungi kunda, ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari, huquq-tartibot organlari hamda mutasaddi idora va tashkilot vakillari bilan hamkorlikda o'tkazilayotgan keng qamrovli “Hamkor” profilaktik tadbir davomida jinoyat ishlari bo'yicha sudlar tomonidan hududiy ichki ishlar organlari probatsiya guruhlarida jazo muddatini o'tayotgan, jazoni o'tash tartibiga qat'iy rioya qilgan, shaxslarni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish haqidagi taqdimnomalar ko'rib chiqilmoqda.
Nukus shahar IIO probatsiya guruhi hisobida turgan axloq tuzatish ishlari jazosini o'tayotgan 7 nafar shaxslarning qarshisiga taqdimnomalar kiritilib, 2020 yil 23-sentyabrь kuni kiritilgan taqdimnomalar bo'yicha sud jarayoni bo'lib o'tdi, sud jarayonida jazo muddatini o'tab kelayotgan olti nafar shaxslar O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilingan bo'lsa bir nafar shaxsga nisbatan sud hukmida ko'rsatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi uchun axloq tuzatish ishlari jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati