23 Noyabr 2020 yil 1017

Hamkorlik Memorandumi imzolandi

Joriy yilning 23 noyabrь kuni, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jinoyat ishlari bo'yicha sudi, va Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o'rtasida Qoraqalpog'iston Respublikasida jinoyatlarni jilovlash, jinoyatchilik profilaktikasini yanada takomillashtirish, odil sudlovni ta'minlash va korruptsiyadan holi hududga aylantirish bo'yicha, Hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandumni imzolashdan maqsad,  yurtimizda qonun ustuvorligini ta'minlash, fuqarolarni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruxida tarbiyalashga yordamlashish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda huquqiy ongi va madaniyatni yuksaltirish, aholi, ayniqsa yoshlar o'rtasida jinoyatchilikka murosasizlik muhitini shakllantirish, mahallalarni jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish, surishtiruv va dastlabki tergov harakatlarining sifatli va holisona o'tkazilishi hamda odil sudlovni ta'minlash, xodimlarning bilimi va malakasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amaliy yordam ko'rsatishda iborat.
 Bunda, «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyilining to'laqonli va samarali joriy etilishi hamda jinoyatlarning barvaqt oldini olish va mahallalarni jinoyatchilikdan holi hududga aylantirishda ko'maklashish.
Jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining sabablari va bunga imkon yaratadigan shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish chora-tadbirlarini ko'rish.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatlarning barvaqt oldini olish maqsadida, ma'muriy va jinoyat ishlarini sayyor sud majlislarida ko'rib chiqish.
Shuningdek, Xotin-qizlar o'rtasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida kompleks ishlarni amalga oshirish. Tazyiq va zo'ravonlik qurboniga aylanish ehtimoli yuqori bo'lgan xotin qizlarning ro'yxatini shakllantirish orqali doimiy ravishda ular bilan profilaktik suhbatlarni tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
 
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.
 
 
Text to speech