3 Oktyabr 2025 yil
268
“Dolzarb 20-kun” operativ profilaktik tadbirlar doirasida Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri hamda Respublika prokurori ishtirokida Ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari uchun xizmat oldi yig‘ini tashkil etildi.
Yig‘inda
jamoat tartibini taʼminlash, huquqbuzarliklarni oldini olish hamda aholining
xavfsizligini taʼminlash yuzasidan amalga oshiriladigan vazifalar muhokama
qilindi. Shuningdek, tadbir doirasida barcha tegishli idoralar o‘rtasidagi
hamkorlikni mustahkamlash masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri hamda respublika prokurori tomonidan Nukus shahrida joylashgan qizil toifaga kiritilgan “Xaliqlar doslig‘i” MFY hududiga tashrif buyurib mahallada amalga oshirilgan ishlar yaʼni xavfsiz yo‘lak, hamda tashkil qilingan bir qator ijobiy ishlar bilan tanishdi hamda mahallani sariq, yashil mahallaga aylantirish bo‘yicha masʼullarga topshiriqlar berildi