25 Mart 2021 yil 861

Harbiy qismda bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha qo‘shinlari “Nukus” xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha batalyonida joriy yilning 25 mart kuni “Navro‘z” umum xalq bayrami munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. 
21 mart “Navro‘z” umum xalq bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximovning bayram tabrigini qism komandiri podpolkovnik K.Kucharov tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.
Tadbirga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik I.Axmedov va vazirning maslahatchisi isteʼfodagi polkovnik O.Turdaqovlar ishtirok etib,  jangovar va maʼnaviy maʼrifiy tayyorgarlikdan yaxshi natijalarga erishgan bir qator harbiy xizmatchilarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, qo‘shin qo‘mondoni va qism komandirlari tomonidan rag‘batlantirilgan xodimlarga rag‘batlantirishlar tantanali ravishda topshirildi.
Bayram tadbiri Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining estrada xonandalarining konsert dasturi bilan davom etdi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech