10 Aprel 2021 yil 1770

Harbiy xizmatchilar vatanga qasamyod qabul qilishdi

Joriy yilning 10 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha qo‘shinlari Nukus xalqaro aeroportida xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha alohida batalyonida 2021 yil chaqiruvidagi muddatli harbiy xizmatchilar vatanga qasamyod qabul qildilar.
Tadbirga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV faxriylari general-mayorlar J.Shilmanov va M.Babaniyazov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirning o‘rinbosari polkovnik I.Axmedov vazirning maslahatchisi isteʼfodagi polkovnik O.Turdaqovlar ishtirok etishdi.
 Muddatli harbiy xizmatchilarni vatanga qasamyod qabul qilganliklari munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximovning yo‘llagan bayram tabrigini batalyon komandiri polpolkovnik Kucharov Kamoliddin Shodiyorovich tantana ishtirokchilariga o‘qib eshittirdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi hamda Nukus xalqaro aeroportida xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha alohida batalyoni maxsus vazifalarni bajaruvchi safarbarlik vzvodi harbiy xizmatchilari tomonidan vatanparvarlik ruknida tayyorlangan ko‘rgazmali chiqishlar tantana ishtirokchilarida katta taʼsurot qoldirdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining estrada xonandalari hamda Ichki ishlar vazirligining “Orol yulduzlari” ansambl jamoalarining vatanni matx etuvchi quy-qo‘shiqlari bilan tadbirni ko‘tarinki ruxda o‘tishida o‘z xissalarini qo‘shdilar.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech