21 Sentyabr 2023 yil 2464

«Xavfsiz shahar» tamoyili asosida Nukus shahar hududida o‘rganish ishlari olib borilmoqda

Avval xabar berilganidek hozirgi vaqda Nukus shahri hududida «Xavfsiz shahar» keng ko‘lamli profilaktik tadbiri amalga oshirilmoqda. Bundan maqsad Nukus shahri hududidagi qizil toifadagi mahallalarni sariq, yashil hududga aylantirish, bu mahallalarga bevosita kuch vositalarni jalb qilib xavfsiz hududga aylantirishdan iborat. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining bosh inspektori polkovnik J.Avazov hamda Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i, Milliy gvardiya hamda Nukus shahar IIO FMB rahbariyati tomonidan tungi vaqtda kub jinoyatchilik va huquqbuzarlik sodir etiladigan joylarda tashkil etilgan tungi naryadlarning ish faoliyati o‘rganilib masʼullar tomonidan tegishli yo‘riqnomalar berildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

 

 

Text to speech