«Xavfsiz hudud - dolzarb-50 kunlik» keng qamrovli profilaktik tadbiri doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov tomonida Nukus shahrida yuz bergan og‘ir oqibatli jinoyatlar muhokama qilindi
Nukus shahrida joylashgan Amudaryo MFY da
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov
tomonidan Nukus shahrida yuz bergan og‘ir oqibatli jinoyatlar muhokama qilindi.
Unda Nukus shahri sektor rahbarlari hamda mahalla yettiligi aʼzolari qatnashdi.
muhokama yig‘ilishida Ichki ishlar vaziri so‘zga chiqib Nukus shahri hududida
yuz berayotgan og‘ir oqibatli jinoyatlar to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar
berilib, ularning kelib chiqish sabablariga to‘xtalib o‘tildi. Bu kabi og‘ir
oqibatli jinoyatlarning barvaqt oldini olishda mahalla yettiligi birgalikda
ishlarni tashkil etib mahallalarda targ‘ibot tashviqot ishlarni kuchaytirish
kerakligi tushuntirildi hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar
to‘g‘risida masʼul rahbarlarga topshiriqlar berildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati