5 Sentyabr 2025 yil
171
“Xavfsiz hudud” maxsus profilaktik tadbiri ijrosini taʼminlash maqsadida Nukus tumani ichki ishlar bulimi binosida sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025 yil 14 avgust kungi 300 sonli farmoyishiga asosan 2025 yil 15 avgustdan 5 sentyabriga qadar respublika miqyosida “Xavfsiz hudud” maxsus profilaktik tadbiri ijrosini taʼminlash maqsadida Nukus tumani IIB binosida sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi.Unda Nukus tuman IIB JXX Probatsiya hisobida turgan 3 nafar shaxslarga tuman IIB boshlig‘i tomonidan kiritilgan taqdimnomalar ko‘rib chiqildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus tumani sudi raisi G.Bisenova tomonidan kiritilgan taqdimnomalar qanoatlantirilib, 3 nafar shaxs muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilindi