26 Yanvar 2021 yil
846
Probatsiya hisobidagi shaxslar bilan profilaktik tadbirlar davom etmoqda.
2021 yil 23 yanvarь kuni Nukus shahar XTB qarashli 47-sonli ixtisoslashtirilgan maktabi binosida xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va huquqiy yordam berish tizimini samarali tashkil etish maqsadida Nukus shahar IIO Probatsiya hisobida turgan xotin-qizlar o'rtasida qayta jinoyat sodir etishining oldini olish, jamiyatga moslashishi, o'rnatilgan tartib qoidalarga rioya qilishlari shuningdek, ularni qiynayotgan muammolari o'rganish va amaliy yordam ko'rsatish maqsadida, Nukus shahar Jinoyat ishlari bo'yicha sudlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Probatsiya xizmati, Nukus shahar IIO FMB, MvaFRB va hududiy huquqni muhofaza qilish organlari, Yoshlar agentligi bo'limi hamda mutasaddi idora va tashkilotlar vakillari ishtirokida tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbir davomida o'zida tuzalish yo'liga o'tgan, o'rnatilgan tartib-qoida talablarga rioya qilgan, mehnatga halol munosabatda bo'lgan shaxslarni muddatdan ilgari ozod qilish uchun Nukus shahar IIO taqdimnomasiga asosan jinoyat ishlari bo'yicha Nukus shahar sudi tomonidan sayyor sud o'tkazilib, probatsiya guruhi hisobida turgan 3 nafar xotin-qizlarning jazo muddatlari muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilindi.
Shuningdek, ushbu tadbir davomida Nukus shahar Probatsiya hisobida turgan xotin-qizlar tadbir mehmonlariga uzarining savol-mulohazalari bilan murojaat etib, sohaviy yo'nalishlar bo'yicha tegishli javoblar oldilar.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati