1 Dekabr 2020 yil 921

SOHAVIY XIZMAT RAHBARLARINING KASBIY BILIMLARI OShIRILMOQDA

O'zbekiston Respublikasi IIVning 2020 yil 16 noyabrь kunidagi tegishli ko'rsatmasiga muvofiq, Vazirlik Malaka oshirish instituti tomonidan joriy yilning 30 noyabrь kunidan 14 dekabrь kuniga qadar Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Patrulь-post xizmati boshqarmasining rahbar xodimlari hamda shahar-tuman ichki ishlar organlari boshliqlarining jamoat tartibini saqlash bo'yicha o'rinbosarlariga xizmatdan ajralmagan holda masofaviy rejimda(“online” yoki“offline”)o'quv kurslari o'tkazilishi belgilangan.
O'quv kurslarida sohaviy xizmat rahbarlari Institutning masofaviy ta'lim platformasida joylashtirilgan mavjud yuklamalarni, xususan,xodimlarning dastlabki kasbiy bilimlarini aniqlashga qaratilgan kirish testini topshirish, mavzularga doir materiallarni kunning istalgan paytida “online” yoki “offline” rejimida to'liq o'zlashtirish hamda mavzu materiallari doirasida ishlab chiqilgan testlarni, shuningdek, o'quv kursi so'ngida yakuniy testni yuqori ko'rsatkichlar bilan topshirish vazifalari yuklatilgan.
O'quv kursidagi mashg'ulotlar boy amaliy tajribaga hamda yuqori malakali ilmiy-pedagogik xodimlar va mutaxassislar, shuningdek, Vazirlikning tegishli sohaviy xizmat xodimlari tomonidan o'tkazilishi rejalashtirilgan.
O'quv kursi so'ngida tasdiqlangan o'quv dasturini muvaffaqiyatni o'zlashtirgan xodimlarga belgilangan namunadagi sertifikatlar berish tartibi belgilangan.
Shu munosabat bilan, Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Kadrlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o'quv kursiga jalb qilingan rahbar xodimlarga o'quv kursi oldi yo'riqnomasi o'tkazildi, deydi Institutning Qoraqalpog'iston Respublikasi filiali rahbari, yuridik fanlari bo'yicha falsafa doktori, podpolkovnik Saparbay Allambergenov.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.
 
Text to speech