25 Iyun 2021 yil 888

Xodimboy ishlash tizimi bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 25 iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi majlislar zalida vazirlikning boshqarma, shahar va tuman IIBlari boshliqlarining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.
Unga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik I.Axmedov O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Q Samandarovlar ishtirok etdi.
Seminarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 02 aprel kunidagi PQ-5050-son qarori bilan «Ichki ishlar organlarida madaniy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi» ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ko‘rsatmasi talablariga asosan, ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi bilan ishlash sohasining ustuvor yo‘nalishi sifatida qaralib xodimlar o‘rtasida tarbiyaviy va targ‘ibot-tashviqot ishlarini, psixologik hamda
ijtimoiy-huquqiy faoliyatini va madaniy tadbirlarni o‘tkazish yuzasidan tushunchalar berildi. Mazkur tadbirlarni shaxsiy tarkib bilan samarali tashkil qilishda natijadorlikka erishish uchun xodimboy ishlash tizimini joriy etishni hamda ichki ishlar organlari boshliqlarining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari mas’uliyatini yanada oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, ayrim xodimlar tomonidan tizim sha’niga putur etkazuvchi  xatti-harakatlar sodir etilayotganligi xususida to‘xtalib,  келгусида shaxsiy tarkib o‘rtasida salbiy holatlar, shu bilan birga, xodimlar tomonidan yo‘l transport hodisalari sodir etilishining oldini olish, kasb madaniyatiga qat’iy rioya qilish  лозимлигини ta’kidlab o‘tildi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

 

Text to speech