Xodimlar o‘rtasida tartib-intizomni mustahkamlash yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Ichki ishlar vazirligida xodimlar o‘rtasida tartib-intizom va
qonunchilikni mustahkamlash, shuningdek, xodimlarning yurituvidagi ish
hujjatlarining qonun asosida amalga oshirilishini nazorat qilish
yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Videoselektor
yig‘ilishida Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati, sohaviy xizmatlar va
joylardan tuman Ichki ishlar bo‘limlari xodimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari
podpolkovnik G‘ulomjon Eshimbetov olib bordi va so‘ngi paytda xodimlari
tomonidan erishilgan yutuqlar alohida taʼkidlab o‘tdi. Shuningdek, ayrim
xodimlarning xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan yondashib ketayotganligi
tanqid ostiga olinib, ushbu xodimlarga ogohlantirish berildi. Tadbirda
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik xizmati bosh
boshqarmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasining masʼul
xodimi podpolkovnik Saidbek Amanov respublika bo‘yicha xodimlar bilan bog‘liq
salbiy holatlar yuzasidan maʼlumotlarni berib kelgusida bunday noxush vaziyatlarning
oldini olish borasidagi takliflarini bildirdi.
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi IIV Axborot xizmati