Xodimlarining ota-onalariga vazirining tashakkurnomalari topshirildi
Qoraqalpogʼiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi majlislar zalida Nukus shahar Ichki ishlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlarning ota-onalari bilan vazirlik rahbariyatining uchrashuvi boʼlib oʼtdi. Uchrashuvga, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik А.Temirxanov, uning oʼrinbosarlari polkovnik I.Аxmedov, podpolkovnik А.Utemuratov , ва Oʼzbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Qoraqalpogʼiston Respublikasi boʼyicha boshqarmasi boshligʼi podpolkovnik Q.Samandarovlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvlarda soʼzga chiqqanlar tomonidan, mamlakatimizda soʼngi yillarda ichki ishlar organlarida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan keng koʼlamli islohotlar amalga oshirilayotganligi hamda ijobiy oʼzgarishlar va yangilanishlar, tizimdagi islohotlar nafaqat tarkibiy va tashkiliy jihatdan, balki xodimlarni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilayotganligini taʼkidlandi, biroq, tizimda yaratilayotgan keng imkoniyatlarga qaramasdan, bildirilgan ishonchni oqlash oʼrniga, ayrim xodimlar tomonidan tizim shaʼniga putur etkazuvchi xatti-harakatlar sodir etilayotganligi aytib oʼtilib, kelgusida shaxsiy tarkib oʼrtasida salbiy holatlar, shu bilan birga, xodimlar tomonidan tamagirlik va yoʼl transport hodisalari sodir etilishining oldini olish, kasb madaniyatiga qatʼiy rioya qilish lozimligi taʼkidlandi.
Uchrashuv davomida, xodimlarning oila aʼzolari tomonidan oʼzlarini qiziqtirgan savollari bilan vazirlik rahbariyatiga murojaat etib, batafsil javoblar oldi. Shuningdek, uchrashuv davomida, Respublikamiz hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, oʼz xizmat vazifasiga vijdonan yondashib hamkasblariga namuna boʼlayotgan bir guruh ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalariga, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tashakkurnomalari topshirildi.
Qoraqalpogʼiston Respublikasi IIV Аxborot xizmati.