29 Aprel 2024 yil 5901

Xodimlarning malakasini oshirish maqsadida o‘qish tashkil qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘i polkovnik Sh.U.Uralovning topshirig‘iga asosan, joriy yilning 27-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi va uning hududiy guruhlari xodimlari bilan videoselektor tarzida o‘quv seminar mashg‘uloti tashkil qilindi.
O‘tkazilgan o‘quv seminar mashg‘ulotida Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV sohaviy xizmat vakillari bilan birgalikda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, hududiy Probatsiya bo‘linmalarida hisobda turib, jazo muddatini o‘tayotgan nazoratdagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish va hayotda o‘z o‘rinni topishlariga ko‘maklashish, mamlakatimiz rahbarining 2022 yil 26-iyundagi «Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuvga ko‘maklashish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi qarori asosida subsidiyalar ajratilishi tushuntirildi.
Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi xodimlari tomonidan xodimlar o‘rtasida qonunchilik va xizmat intizomini mustahkamlash borasida tamagirlik va mansab vakolatini suiisteʼmol qilmaslik, soxtakorlikka yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalar yuzasidan zaruriy tavsiyalar va bir qator ko‘rsatmalar berib o‘tildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech