18 Yanvar 2024 yil 3778

Xodimlarning jismoniy tayyorgarlik darajasi aniqlandi

Joriy yilning 16-yanvar kuni 7261 harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni otayotgan askarlar orasidan keyingi haqiqiy xizmatni davom ettirish istagini bildirgan muddatli harbiy xizmatchilardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.A.Ganiyev hamda Qo‘shin qo‘mondonlik masʼul ofitserlari tomonida mazkur harbiy qismda nomzodlar bilan III bosqichda saralash imtihonlarini olib borildi. I-bosqich jismoniy tayyorgarlik darajasi, II-bosqich nomzodlarni psixologik holatini aniqlash, III-bosqich yakuniy suhbat orqali saralash imtihonlari o‘tkazildi. Shuningdek, polkovnik S.A.Ganiyev shaxsiy tarkib bilan uchrashuv o‘tkazib, 2024 yil davomida harbiy intizomni mustahkamlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jangovar shaylikni yuqori darajada saqlab turish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Qo‘mondon o‘rinbosari 2023 yil davomida erishilgan yutuqlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga ham to‘xtalib otdi.

 

Text to speech