29 Aprel 2022 yil 147

“Xotira va qadrlash” kuniga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 29 aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida tashkil etilgan Ichki ishlar tarixi muzeyida 9-may “Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan  ikkinchi jahon urishi qatnashchisi, militsiya tarixida uchmas iz qoldirgan A.Bekimbetovga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ichki ishlar organlari faxriylar kengashi aʼzolari, nuroniylar va O‘zbekiston Respublikasi IIV Qoraqalpoq Akademik litsey o‘quvchi yoshlari ishtirok etib, so‘zga chiqqanlar tomonidan A.Bekimbetovning umr yo‘li va xizmat davomida  amalga oshirgan ishlari hamda yutuqlari haqida kecha ishtirokchilariga maʼlumotlar berildi.
Tadbirda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi IIV Qoraqalpoq Akademik litsey o‘quvchi yoshlarida katta taassurotlar uyg‘otdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech